Yaponiyaning hayot tarzi haqida

Yaponiyaning diqqatga sazovor joylari

Yaponiyaning g'arbiy qismida Kiyomizu-dera va Kinkaku-ji mashhur. Ikkalasi ham Kiotoda joylashgan bo'lib, Kiyomizu-dera 1200 yildan ortiq vaqtdan beri mavjud. Kiyomizu-dera Yaponiyaning "milliy boyligi" sifatida e'tirof etilgan, bahorda sakura guli, kuzda momiji(qizil barg) kabi mavsumiy manzaralardan bahramand bo'lishingiz mumkin. Kinkaku-ji 600 yil oldin qurilgan.Kinkaku-ji to'liq oltin bilan qoplangan juda hashamatli ibodatxonadir. Yaponiyaning Kioto shahri O'zbekistonning Samarqand shahri kabi hanuzgacha madaniy poytaxt sifatida mashhur. Kioto qadimda Yaponiyaning poytaxti bo'lgan. Yaponiyaning sharqiy qismida Asakusa mashhur.Tokiodagi Asakusada joylashgan ibodatxona kattadir. Har yili 30 mln sayyoh tashrif buyuradi. Sayyohlar ibodat qilishadi, do'konlardan ovqat sotib olishadi, sayr qilishadi va boshqa narsalardan zavq olishadi. Tokioda yana Tokyo Tower(Tokio minorasi), Toky Skytree (Tokio samoviy daraxti) deb ataladigan televizor minoralari ham mashhur. Rasadxonasiga ko'tarilish mumkin, u yerdan oilangiz va sevgan kishingiz bilan Tokioning tungi manzarasini tomosha qilishingiz mumkin. ​ Oteraning

 

rasmi va Skytreening rasmi va Tokyo Towerning rasmi

Yapon milliy taomlari

Yapon ovqatlari haqida gapiradigan bo'lsak, osushi ko'p tanilgan.O'zbekistonda ham koreyslar boshqaradigan osushi-ya(sushi restarani) bor, lekin yapon osushisi butunlay boshqacha. Yaponiya dengiz bilan o'ralganligi sabab, yangi baliqlarni ko'p tutish mumkin. Shu sabab, yangi baliq istalgan paytda osushi sifatida iste'mol qilinishi mumkin. Osushining turli xil o'lchamlari, turlari va tayyorlash usullari mavjud. Umuman osushining narxi 300~800 yen. Qimmat restoran bo'lsa, kishi boshiga 20000 yen to'laysiz. Yapon xalqi boradigan osushi-ya(sushi restorani)ning aksariyati "kaiten-zushi" dir. Osushi bantli konveyerga joylashtirilgan bo'lib, ishchi kuchi emas mashina xizmat qiladi, shu sabab osushini arzon narxda iste'mol qilish mumkin. Yaponlar tez-tez oilasi bilan kaiten-zushiga boradi. Sizning oldingizga osushi tasmada aylanib kelishi sabab, bolalarga ham juda yoqadi. Osushidan tashqari, mashhur ovqatlardan yana biri ramen(lagman)dir. Ramen aslida Xitoy taomi bo'lsada, Yaponiyada ham eng mashhurga aylangan.Yaponlar ramenni yaponcha maxsus pishirish usuli asosida Yaponiyada mavjud bo'lgan boy oziq-ovqat mahsulotlariga moslab turli xilini ixtiro qilishgan. Yana shu yaponcha ramenni dunyoga mashhur qilishmoqda. Har bir shahardagi ramen ta'mi har xil. Ramenning asosiy 15 turi mavjud, yana shu turlardan kelib chiqqan boshqa turlari, yoki topping(ustiga qo'shimcha ta'm beruvchi mahsulot) qo'shish orqali yangi turga o'zgartiriladi, xullas ko'pgina ramen ta'midan zavqlanish mumkin. Yapon tenpurasi ham chet ellik sayyohlar orasida mashhur. Tenpura- turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini yog'da qovurib olish orqali tayyorlanadigan taomidir Odatda, tenpura sabzavotlar va dengiz mahsulotlari kabi yangi oziq-ovqat mahsulotlarini un va suvdan qilingan suyuqlikga botirib olib yog'da pishirish orqali tayyorlanadi. Ba'zi oshpazlar muzqaymoqni qovura olar ekan. Tenpura dastlab Muromachi davrida Portugaliyadan kirib kelgan taomdir. Shundan so'ng, Edo davrida Yaponiyada ommalashadi, hozirgi kunda esa Yaponiyada milliy taom sifatida taniladi. Tenpurani uyda tayyorlash qiyin bo'lganligi sabab, yaqindagi supermarket va fast food do'konlarida iste'mol qilish mumkin . Yuqoridagilardan tashqari, yapon milliy taomlaridan yana biri - sobadir. Soba - bu sobako (grechka) unidan qilingan osh unidir. Ramen tayyorlashda yog'dan ko'p foydalaniladi, ammo soba dengiz mahsulotlaridan olingan sho'rva va soya sousidan foydalanadigan yengil taomdir. Soba va sho'rvasi alohida idishlarga solinadi , sobani sho'rvasiga botirib yeyishadi.

Sobaning rasmi va Ramenning rasmi va Tenpuraning rasmi va Sushining rasmi